SUV XO‘JALIGI VA MELIORASIYA TORMOG‘IDA FAVQULLODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH
Keywords:
Suv xo‘jaligi, meliorasiya, favqulodda vaziyat, monitoring, profilaktika, irrigatsiya, gidrotexnika inshootlari, sho‘rlanish, ekologik xavfsizlik, texnik nazorat, yechimlar.Abstract
Ushbu maqolada suv xo‘jaligi va meliorasiya tarmog‘ida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha zamonaviy usullar, profilaktik chora-tadbirlar hamda sohadagi ilg‘or tajribalar tahlil qilinadi. Suv inshootlari, irrigatsiya tizimlari va meliorativ maydonlarda tez-tez uchraydigan suv toshqinlari, yerlarning sho‘rlanishi, suv zaxiralarining ifloslanishi, gidrotexnika inshootlarining avariya holatlari kabi muammolar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarni oldini olishda monitoring tizimlari, texnologik nazorat, moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, inson omilining o‘rni, ekologik xavfsizlikka doir tadbirlar ham yoritilib, milliy va xalqaro tajriba asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada profilaktika va tayyorgarlik bosqichlari, zamonaviy bilim, texnika va informatika yutuqlarining muhim ahamiyati, jamiyat va davlat organlarining hamkorligi kabi asosiy jihatlar keng ochib beriladi.