OʻZBEK TILIDA NOVERBAL VOSITALARNING SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI

Authors

  • Saidova Asila Dilmurod qizi Author

Keywords:

sotsiopragmatika, noverbal muloqot, kinesika, proksemika, paralingvistika, xushmuomalalik, ijtimoiy masofa, nutq odobi.

Abstract

Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi noverbal muloqot vositalari — imo-ishoralar, yuz ifodasi, qarash, tana holati, shaxslararo masofa, tana aloqasi va nutqning ohang-tembr xususiyatlari — sotsiopragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Sotsiopragmatika yoshi, ijtimoiy mavqei, jinsi, muloqot vaziyatining rasmiylik darajasi kabi ijtimoiy omillarning nutqiy va nonutqiy strategiyalar tanloviga taʼsirini oʻrganuvchi soha sifatida talqin etilib, uning doirasida oʻzbek nutqiy odatiga xos noverbal birliklarning maʼno hosil qilish, muloqotni tartibga solish va ijtimoiy munosabatni ifodalash vazifalari koʻrib chiqiladi. Tadqiqot uchun kundalik muloqot namunalari, badiiy asarlardagi dialoglar hamda mavjud ilmiy manbalar asos qilib olindi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, oʻzbek muloqot madaniyatida noverbal vositalar mustaqil pragmatik yuk tashiydi: ular hurmat-eʼzoz, ijtimoiy masofa, roziliksizlik yoki taklifni bildirish kabi murakkab ijtimoiy maʼnolarni soʻzsiz yetkazish qobiliyatiga ega. Maqola xulosasida noverbal vositalarni oʻrganish nafaqat nazariy pragmatika, balki nutq odobi va millatlararo muloqot amaliyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanadi

Author Biography

  • Saidova Asila Dilmurod qizi

    Turon universiteti, Lingvistika (ingliz tili) yoʻnalishi 2-kurs magistranti

    Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Oʻzbekiston

References

Published

2026-08-10