BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA IJTIMOIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH: YAPONIYA "DŌTOKU" TIZIMI TAJRIBASI VA "TARBIYA" FANIDAGI INTEGRATSIYA

Authors

  • Raximova Xumora Faxriddin qizi Author

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim, ijtimoiy ko‘nikmalar, Dōtoku, Tarbiya fani, Omoiyari, Sōji, Kyūshoku, jamoaviy mas’uliyat, emotsional intellekt, pedagogik innovatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ko‘nikmalar, emotsional intellekt va jamoaviy mas’uliyat hissini shakllantirish muammolari qiyosiy pedagogik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Yaponiya boshlang‘ich ta’lim tizimidagi "Dōtoku" (axloqiy tarbiya) fanining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, "Omoiyari" (hamdardlik) falsafasi hamda amaliy axloqiy ko‘nikmalar — "Sōji" (birgalikda tozalash) va "Kyūshoku" (tushlikni mustaqil tarqatish) metodikasi tadqiq etilgan. Ushbu innovatsion pedagogik uslublarni O‘zbekiston umumta’lim maktablaridagi "Tarbiya" fani doirasida tatbiq etish, o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda amaliyotga joriy qilish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Maqola yakunida milliy ta’lim tizimini boyitishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar taqdim etilgan.

Author Biography

  • Raximova Xumora Faxriddin qizi

    O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti

    khumora2711@gmail.com

    +998 99 819 59 27

References

Published

2026-08-10