KICHIK BIZNESNING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
kichik biznes, raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, boshqaruv mexanizmi, innovatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron tijorat, raqobatbardoshlik, iqtisodiy rivojlanish, raqamlashtirish.Abstract
Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarining raqamli rivojlanishini samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda innovatsion boshqaruv usullarini joriy etishning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonida uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari kichik biznesning barqaror rivojlanishini ta'minlash, iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda mamlakat iqtisodiyotining raqamli taraqqiyotiga xizmat qiluvchi boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.