DAVLAT BUDJETINI O‘RTA MUDDATLI PROGNOZLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI VA XORIJ TAJRIBASI
Keywords:
davlat budjeti, o‘rta muddatli budjet prognozlash, fiskal barqarorlik, MTEF, makroiqtisodiy prognozlash, natijadorlikka asoslangan budjetlashtirish, davlat moliyasini boshqarish, xalqaro tajriba, O‘zbekiston budjet tizimi.Abstract
Mazkur maqolada davlat budjetini o‘rta muddatli prognozlashning nazariy-metodologik asoslari hamda rivojlangan davlatlar tajribasi tahlil qilingan. Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv, geosiyosiy noaniqliklar va makroiqtisodiy xatarlar sharoitida budjetni faqat qisqa muddatli rejalashtirish samarali fiskal boshqaruvni ta’minlash uchun yetarli emasligi asoslab berilgan. O‘rta muddatli budjet prognozlashning davlat moliyasi barqarorligini mustahkamlash, budjet resurslarini strategik ustuvor yo‘nalishlarga samarali taqsimlash hamda natijadorlikka yo‘naltirilgan budjetlashtirishni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston amaliyotida ushbu tizimni joriy etish jarayonidagi mavjud muammolar tahlil qilinib, ilg‘or xorijiy tajribani milliy budjet tizimiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.