NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MAQOL VA MATALLARNING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Xusinova Laylo Nazarboy qizi Author
  • Ma’murov Rustambek Author

Abstract

      Har bir xalqning tili uning tarixiy taraqqiyoti, ma’naviy boyligi va madaniy merosining yorqin ifodasidir. Til tarkibidagi maqol va matallar esa xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi, kuzatuvlari hamda axloqiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan eng qadimiy folklor namunalaridan hisoblanadi. Ular nafaqat badiiy nutqni bezash vositasi, balki avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan hayotiy tajribani saqlovchi va yetkazuvchi muhim madaniy birlikdir.Nemis va o‘zbek xalqlari turli tarixiy, diniy va madaniy sharoitlarda shakllangan bo‘lishiga qaramay, ularning maqol va matallarida insoniy fazilatlar, mehnatsevarlik, halollik, do‘stlik, sabr-toqat, ilm olish va oilaviy qadriyatlarga oid umumiy g‘oyalar uchraydi. Shu bilan birga, har bir xalqning turmush tarzi va mentalitetiga xos bo‘lgan farqli jihatlar ham maqol va matallarda yaqqol namoyon bo‘ladi.Bugungi globallashuv sharoitida chet tillarini o‘qitishda faqat grammatik bilimlarni emas, balki tilning madaniy qatlamlarini ham o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, nemis tilini o‘rganayotgan talabalar uchun maqol va matallarni qiyosiy o‘rganish kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish, tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish hamda madaniyatlararo muloqotni takomillashtirishda muhim vosita hisoblanadi.

Author Biographies

  • Xusinova Laylo Nazarboy qizi

    O’zDJTU nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

  • Ma’murov Rustambek

    O’zDJTU nemis tili amaliy fanlar kafedrasi 1 kurs talabasi

References

Published

2026-08-08