IQLIM O’ZGARISHI VA CHO’LLANISH MUAMMOLARI: EKOTIZIM DEGRADATSIYASI VA O’SIMLKLARNING GENETIK MOSLASHUV MEXANIZMLARI

Authors

  • Jumayeva Tozagul A’zamovna Author
  • Xaydarova Fotimabonu Tillo qizi Author

Keywords:

iqlim o'zgarishi, cho'llanish, ekotizim degradatsiyasi, kserofitlar, genetik moslashuv, qurg'oqchilik stressi, abssiz kislotasi (ABA), LEA oqsillari, CAM fotosintez, genetik seleksiya, fitomelioratsiya, suvni tejovchi texnologiyalar, bioxilma-xillik.

Abstract

Mazkur maqolada global iqlim o'zgarishi va inson faoliyati (antropogen omillar) natijasida kelib chiqayotgan cho'llanish muammolari, shuningdek, bu jarayonlarning ekotizim va bioxilma-xillikka ta'siri kompleks tahlil qilinadi. Haroratning ko'tarilishi, yog'ingarchilik rejimining buzilishi hamda noto'g'ri agrotexnik tadbirlar tuproq unumdorligining yo'qolishiga, oziqa zanjirining uzilishiga va flora hamda fauna areallarining qisqarishiga (xususan, Orol fojiasi misolida) olib kelayotgani yoritilgan. Nafaqat cho'llanishning ekologik oqibatlarini ko'rsatib berish, balki ushbu ekstremal qurg'oqchilik sharoitlariga o'simliklarning hujayra va molekulyar darajadagi moslashuv mexanizmlarini ochib berishdir. Tadqiqot doirasida qurg'oqchilikka chidamli kserofit o'simliklarda namlikni saqlashga xizmat qiluvchi genetik jarayonlar: osmoprotektorlar sintezi (P5CS geni), abssiz kislotasi (ABA) signal yo'llari, LEA oqsillari ekspressiyasi hamda C4 va CAM fotosintez yo'llarining faollashuvi ilmiy asoslangan.

Author Biographies

References

Published

2026-08-06