O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISINI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAQTIDA XABAR BERISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Turdaliyev Burxonali Abdumannanovich Author

Keywords:

favqulodda vaziyat, aholini xabardor qilish, fuqaro muhofazasi, ogohlantirish tizimi, seysmik xavf, Cell Broadcast, favqulodda vaziyatlar vazirligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlar (tabiiy va texnogen xususiyatga ega) yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida yoki ular ro‘y berganidan so‘ng o‘z vaqtida xabardor qilish tizimining ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Respublikaning yuqori seysmik faollik zonasida joylashganligi, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq gidrometeorologik xavflarning kuchayishi hamda texnogen ob’ektlar sonining ortib borishi aholini xabardor qilish tizimini takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Maqolada mavjud huquqiy-normativ baza, amaldagi texnik vositalar (sirena, radio-teleeshittirish, SMS-xabarnoma, mahalla instituti) tahlil qilingan, xalqaro tajriba (Yaponiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Turkiya)ning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida aholini xabardor qilishning yagona avtomatlashtirilgan tizimini yaratish, Cell Broadcast texnologiyasini joriy etish va aholi ta’lim-tarbiyasini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Author Biography

  • Turdaliyev Burxonali Abdumannanovich

    Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi HFXO‘M katta o‘qituvchisi, Farg‘ona, O‘zbekiston

References

Published

2026-08-04