INGLIZ BADIIY ASARLARIDA METAFORALARNING STILISTIK XUSUSIYATLARI (George Orwellning “Animal Farm” va Ernest Hemingwayning “The Old Man and the Sea” asarlari misolida)

Authors

  • Muminov Fazliddin Shoymardonovich Author
  • Shahzoda Sodiqova Sirojiddin qizi Author

Keywords:

metafora, stilistika, lingvopoetika, badiiy matn, konseptual metafora, George Orwell, Ernest Hemingway, stilistik vositalar, badiiy obraz.

Abstract

Mazkur maqolada ingliz badiiy asarlarida metaforalarning stilistik xususiyatlari George Orwellning “Animal Farm” hamda Ernest Hemingwayning “The Old Man and the Sea” asarlari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida metaforalarning badiiy matndagi ekspressiv, emotsional va estetik vazifalari, muallif individual uslubini shakllantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchiga badiiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganildi. Shuningdek, konseptual metafora nazariyasi asosida metaforalarning semantik va stilistik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, metafora ingliz badiiy adabiyotida nafaqat tasviriy vosita, balki muallif g‘oyasini chuqur ifodalovchi, obrazlilikni kuchaytiruvchi va matnning estetik qiymatini oshiruvchi muhim lingvopoetik birlik hisoblanadi.

Author Biographies

  • Muminov Fazliddin Shoymardonovich

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

    Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor

  • Shahzoda Sodiqova Sirojiddin qizi

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

    FTO‘-I-195-24 guruh talabasi

References

Published

2026-08-04