ZAMONAVIY INGLIZ ROMANLARIDA MIGRATSIYA VA MADANIY IDENTIKLIK MASALASI (Monica Ali, Zadie Smith va Mohsin Hamid asarlari misolida)

Authors

  • Muminov Fazliddin Shoymardonovich Author
  • Shahzoda Sodiqova Sirojiddin qizi Author

Keywords:

zamonaviy ingliz adabiyoti, migratsiya, madaniy identiklik, diaspora, multikulturalizm, Monica Ali, Zadie Smith, Mohsin Hamid, qiyosiy adabiyotshunoslik.

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy ingliz adabiyotida migratsiya va madaniy identiklik masalalarining badiiy talqini Monica Alining “Brick Lane”, Zadie Smithning “White Teeth” hamda Mohsin Hamidning “Exit West” romanlari misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida migratsiya jarayonining inson shaxsiga, uning milliy va madaniy o’zligini anglashiga ko’rsatgan ta’siri, diaspora vakillarining yangi jamiyatga moslashish jarayoni hamda madaniyatlararo muloqotning badiiy ifodasi o’rganildi. Shuningdek, yozuvchilarning migratsiya bilan bog’liq muammolarni yoritishda qo’llagan badiiy vositalari, ramziy obrazlari va zamonaviy roman poetikasidagi o’rni tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, migratsiya zamonaviy ingliz adabiyotida nafaqat geografik ko’chish, balki shaxsning madaniy, ruhiy va ijtimoiy o’zgarishlarini aks ettiruvchi murakkab badiiy hodisa sifatida talqin etiladi.

Author Biographies

  • Muminov Fazliddin Shoymardonovich

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

    Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor

  • Shahzoda Sodiqova Sirojiddin qizi

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

    FTO’-I-195-24 guruh talabasi

References

Published

2026-08-04