ARK TWAYNNING “TOM SAWYERNING SARGUZASHTLARI» VA G‘AFUR G‘ULOMNING “SHUM BOLA” ASARLARIDA BOLALIK OBRAZINING QIYOSIY TAHLILI

Authors

  • Muminov Fazliddin Shoymardonovich Author
  • Shahzoda Sodiqova Sirojiddin qizi Author

Keywords:

qiyosiy adabiyotshunoslik, bolalar adabiyoti, bolalik obrazi, Mark Twain, G‘afur G‘ulom, Tom Sawyer, Shum bola, xarakter, badiiy talqin, tipologik tahlil.

Abstract

Mazkur maqolada Amerika adabiyotining yirik vakili Mark Twainning “Tom Sawyerning sarguzashtlari” romani hamda o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasida bolalik obrazining badiiy talqini qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida asarlardagi bosh qahramonlar – Tom Sawyer va Shum bolaning xarakter xususiyatlari, dunyoqarashi, ruhiy kechinmalari, sarguzashtlarga bo‘lgan munosabati, oilaviy va ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanish jarayoni o‘rganildi. Shuningdek, yozuvchilarning bolalar psixologiyasini tasvirlashdagi badiiy mahorati, yumor va satiradan foydalanish usullari hamda milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har ikkala asarda bolalik obrazi inson shaxsining kamolotida muhim bosqich sifatida talqin etilgan bo‘lib, qahramonlar orqali ezgulik, halollik, mehnatsevarlik, jasorat va insonparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan. Shu bilan birga, asarlarda milliy mentalitet va tarixiy muhit ta’sirida yuzaga kelgan o‘ziga xos badiiy xususiyatlar ham aniqlangan.

Author Biographies

  • Muminov Fazliddin Shoymardonovich

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

    Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor

  • Shahzoda Sodiqova Sirojiddin qizi

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

    FTO’-I-195-24 guruh talabasi

References

Published

2026-08-04