GLOBALLASHUV SHAROITIDA O‘ZBEK TILINING RIVOJLANISHI

Authors

  • Yusupova Feruza Ulug‘bek qizi Author

Keywords:

globallashuv, o‘zbek tili, til taraqqiyoti, davlat tili, leksikologiya, terminologiya, til siyosati, milliy qadriyatlar, kommunikatsiya, til madaniyati.

Abstract

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida o‘zbek tilining rivojlanish ularning til tizimida yuzaga keltirayotgan o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi globallashuv natijasida xalqaro madaniy, iqtisodiy va axborot almashinuvining kuchayishi bilan o‘zbek tilining lug‘at tarkibi, uslubiy imkoniyatlari va kommunikativ vazifalarida kuzatilayotgan yangilanishlar bilan izohlanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi globallashuvning o‘zbek tili rivojiga ko‘rsatayotgan ijobiy va salbiy ta’sirlarini aniqlash, til taraqqiyotidagi asosiy tendensiyalarni baholash hamda milliy tilning rivojlanish istiqbollarini yoritishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, qiyosiy, semantik va tahliliy metodlardan foydalanildi. Shuningdek, ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar hamda zamonaviy ommaviy axborot vositalarida uchraydigan til birliklari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, globallashuv o‘zbek tilining lug‘at boyligini kengaytirish, yangi terminlarning kirib kelishi va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ayrim xorijiy so‘zlarning me’yordan ortiq qo‘llanilishi, adabiy til me’yorlarining buzilishi va milliy tilning uslubiy xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlandi. Xulosa sifatida, globallashuv sharoitida o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini saqlab qolish bilan birga, zamonaviy ehtiyojlarga mos ravishda rivojlantirish, yangi terminlarni ilmiy asosda me’yorlashtirish va davlat tilining nufuzini yanada mustahkamlash muhim vazifa ekanligi asoslab berildi.

Author Biography

  • Yusupova Feruza Ulug‘bek qizi

    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

    O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

References

Published

2026-08-03