AHOLINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA TO‘G‘RI HARAKAT QILISHGA O‘RGATISHNING PEDAGOGIK-TASHKILIY MEXANIZMLARI

Authors

  • Turdaliyev Burxonali Abdumannonovich Author

Keywords:

favqulodda vaziyat; fuqaro muhofazasi; aholini o‘qitish mexanizmlari; xavfsizlik madaniyati; erta ogohlantirish tizimi; amaliy mashqlar; ta’lim texnologiyalari; ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik

Abstract

Maqolada aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilishga o‘rgatishning nazariy-uslubiy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik tizimining tarkibiy qismlari — axborot-tushuntirish, ta’lim-tarbiyaviy, amaliy-mashqli, institutsional-normativ, texnologik-innovatsion, ijtimoiy-psixologik, jamoatchilik va motivatsion mexanizmlar ilmiy jihatdan asoslangan tasnif asosida ko‘rib chiqilgan. Ta’lim muassasalarida, mahalla darajasida va ommaviy axborot vositalari orqali qo‘llaniladigan uslublarning qiyosiy tahlili, shuningdek, pedagogik eksperiment natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalari kompleks yondashuv, ya’ni nazariy bilim, amaliy mashq va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirish aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi.

Author Biography

  • Turdaliyev Burxonali Abdumannonovich

    katta o‘qituvchi

    Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi HFXO‘M Farg‘ona viloyati

References

Published

2026-07-27