SIYOSIY TAHLILDA MUAMMO QO‘YISH VA GIPOTEZA ISHLAB CHIQISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
siyosiy tahlil, muammo qo‘yish, gipoteza, metodologiya, siyosiy tadqiqotlar, konseptuallashtirish, sabab-oqibat aloqadorligi, qaror qabul qilish, analitik texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada siyosiy tahlil jarayonida ilmiy va amaliy muammolarni to‘g‘ri qo‘yish hamda metodologik jihatdan asoslangan gipotezalarni ishlab chiqish texnologiyasi tahlil qilingan. Tadqiqotda siyosiy muammoni identifikatsiya qilish, uni konseptuallashtirish va empirik tekshiriluvchan gipotezalarga transformatsiya qilishning tizimli mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, siyosiy jarayonlarni prognozlashtirish va qaror qabul qilish samaradorligini oshirishda sabab-oqibat aloqadorliklarini aniqlashning uslubiy poydevorlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mantiqiy-strukturalik tahlil va gipotezalarni shakllantirish texnologiyalaridan foydalanish siyosatshunoslikda analitik xulosalarning aniqligi va amaliy siyosat uchun tavsiyalarning ishonchliligini oshirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib berilgan.