SIYOSIY MARKETING STRATEGIYALARI
Keywords:
siyosiy marketing, siyosiy marketing strategiyasi, siyosiy kommunikatsiya, siyosiy partiyalar, elektorat, saylov kampaniyasi, raqamli marketing, jamoatchilik fikri, strategik boshqaruv.Abstract
Mazkur maqolada siyosiy marketing strategiyalarining nazariy asoslari, ularning zamonaviy siyosiy jarayonlardagi o‘rni va amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Siyosiy marketingning siyosiy partiyalar, davlat institutlari va siyosiy liderlar faoliyatidagi strategik funksiyalari, saylovchilar bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish mexanizmlari hamda raqamli texnologiyalarning siyosiy marketing strategiyalariga ta'siri yoritilgan. Shuningdek, jamoatchilik fikrini o‘rganish, elektorat ehtiyojlarini aniqlash va siyosiy kampaniyalarni rejalashtirishda marketing yondashuvlaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari siyosiy marketing strategiyalaridan samarali foydalanish siyosiy kommunikatsiya sifatini oshirish, fuqarolarning siyosiy ishtirokini rag‘batlantirish hamda siyosiy institutlarga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.