SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA OLIY TA’LIM MUASSASALARINI BOSHQARISHNING XORIJIY TAJRIBASI VA O‘ZBEKISTON UCHUN SABOQLAR

Authors

  • Otaxonov Komilxon Saidolim o‘gʻli Author

Keywords:

xorijiy tajriba; sun’iy intellekt; oliy ta’lim boshqaruvi; raqamli transformatsiya; qiyosiy tahlil; institutsional tayyorgarlik; O‘zbekiston

Abstract

Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida oliy ta’lim muassasalarini (OTM) boshqarishning xorijiy tajribasi — Ruminiya-Serbiya, Vetnam, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston va Xitoy misolida qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi turli iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi mamlakatlarning OTM boshqaruvini raqamlashtirish tajribasini tizimlashtirish va O‘zbekiston sharoiti uchun amaliy saboqlarni shakllantirishdan iborat. Metodologik asos sifatida qiyosiy tahlil, monografik usul va kontent-tahlildan foydalanilgan. Natijada mamlakatlar besh o‘lchov (institutsional tayyorgarlik, moliyalashtirish, infratuzilma, kadrlar salohiyati, huquqiy baza) bo‘yicha qiyoslandi va O‘zbekiston uchun to‘rtta ustuvor yo‘nalish — bosqichma-bosqich joriy etish, moliyaviy rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash va milliy huquqiy bazani takomillashtirish — asoslab berildi. Xulosa qilib aytish mumkinki, rivojlanayotgan iqtisodiyot mamlakatlari uchun eng samarali yondashuv xorijiy tajribani mexanik ko‘chirish emas, balki milliy institutsional sharoitga moslashtirilgan bosqichma-bosqich strategiyani tanlashdir.

Author Biography

  • Otaxonov Komilxon Saidolim o‘gʻli

    Tashkent International University Yurisprudensiya fakultetining
    o‘quv va ilmiy ishlar bo’yicha dekan muovini,
    ORCID: https://orcid.org/0009-0009-5363-2507

    E-mail: kamilotakhonov@gmail.com

References

Published

2026-07-27