SULTON QOBUS DAVRIDA UMMON SULTONLIGIDA SIYOSIY INSTITUTLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Keywords:
Ummon Sultonligi, Sulton Qobus, siyosiy institutlar, davlat boshqaruvi, Vazirlar Kengashi, Rivojlanish kengashi, Moliya kengashi, davlat qurilishi, siyosiy islohotlar.Abstract
Ushbu maqolada 1970-1990- yillarda Sulton Qobus bin Said boshqaruvi davrida Ummon Sultonligida siyosiy institutlarning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Maqolada 1970-yilda amalga oshirilgan hokimiyat almashinuvi natijasida mamlakatda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilish zarurati yuzaga kelgani, markazlashgan davlat boshqaruvining shakllanishi, vazirlik va idoralar tizimining tashkil etilishi, davlat xizmatining institutsionallashuvi hamda maslahat organlarining bosqichma-bosqich rivojlanishi yoritiladi. Shuningdek, siyosiy barqarorlikni ta’minlashda qabila institutlari, diniy omillar va markaziy hokimiyat o‘rtasidagi muvozanatning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotning natijalari Sulton Qobus tomonidan amalga oshirilgan siyosiy islohotlar zamonaviy Ummon davlatchiligining huquqiy va institutsional asoslarini yaratganini ko‘rsatadi.