NARKOTIKLAR VA KUCHLI TA’SIR QILUVCHI MODDALAR NOQONUNIY MUOMALASI PROFILAKTIKASINING HUQUQIY ASOSLARI
Keywords:
narkotik vositalar, psixotrop moddalar, kuchli ta'sir qiluvchi moddalar, noqonuniy muomala, profilaktika, huquqiy asoslar, davlat siyosati, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xalqaro huquq, jinoyatchilikka qarshi kurash.Abstract
Mazkur maqolada narkotik vositalar, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi profilaktikasining huquqiy asoslari tahlil qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, ushbu sohadagi davlat siyosati, vakolatli organlarning profilaktik faoliyati hamda xalqaro huquq normalarining milliy qonunchilikdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, noqonuniy muomalaning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar, profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish masalalari va mavjud muammolar ilmiy-huquqiy nuqtai nazardan tahlil etilgan. Maqola yakunida narkotiklar va kuchli ta'sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.