O‘RTA MAXSUS VA KASB-HUNAR TA’LIMI SIFATINI TA’MINLASHDA XALQARO TAJRIBA (YEVROPA ITTIFOQI, MDH DAVLATLARI): MILLIY AKKREDITATSIYA MEZONLARINI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI
Keywords:
ta’lim sifati, sifat kafolati, akkreditatsiya, o‘rta maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limi, Yevropa Ittifoqi, ESG standartlari, EQAVET, MDH davlatlari, milliy akkreditatsiya agentligi, ta’lim menejmenti.Abstract
Mazkur maqolada o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi sifatini ta’minlashning xalqaro amaliyoti, xususan, Yevropa Ittifoqi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida shakllangan sifat kafolatlash va akkreditatsiya tizimlari tahlil qilingan. Yevropa Oliy ta’lim maydonida sifat kafolatlashning yagona standartlari (ESG), kasb-hunar ta’limi va o‘qitishda Yevropa sifat kafolatlash tarmog‘i (EQAVET) hamda alohida davlatlarning milliy akkreditatsiya agentliklari faoliyati misolida ilg‘or tajribalar ko‘rib chiqilgan. Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Belarus Respublikasi tajribasi negizida MDH mintaqasidagi akkreditatsiya modellarining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan milliy akkreditatsiya mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni kuchaytirish, ish beruvchilar va mustaqil ekspertlarni jalb qilish, raqamli monitoring vositalarini joriy etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan.