QARIYALARDA YUZ OG'RIG'INI ANIQLASH VA DAVOLASH YONDASHUVLARI
Keywords:
yuz og‘rig‘i, uch shoxli nerv, keksa bemorlar, nevralgiya, Aflutop, Diprospan, lokal blokada, ko‘p tarmoqli yondashuv, MRT, surunkali og‘riq.Abstract
Mazkur ilmiy ishda yuz sohasidagi og‘riqlar, ayniqsa keksa yoshdagi bemorlarda uchraydigan uch shoxli nerv nevralgiyasi (USHN)ni tashxislash va davolashga ko‘p tarmoqli yondashuv yoritilgan. Tadqiqot 2019–2020 yillarda Samarqand shahridagi xususiy nevrologik klinikaga yuz og‘rig‘i shikoyati bilan murojaat qilgan 59 nafar bemor holatiga asoslangan. Kompleks diagnostika ishlari olib borilgan: nevrologik tekshiruv, maxsus tuzilgan so‘rovnomalar, og‘riq baholash shkala (VAS, Mak-Gill), MRT va UZDG. Tadqiqotda bemorlarning klinik belgilarida og‘riqning yuqori intensivligi, gipersezuvchanlik va emotsional beqarorlik aniqlangan. Shuningdek, og‘riq davomiyligi bilan miya tuzilmalaridagi morfologik o‘zgarishlar o‘rtasida bog‘liqlik kuzatilgan. Ikki xil davolash usuli (Aflutop va Diprospan bilan terapiya, lokal blokadalar bilan steroidlar) solishtirildi. Aflutop va Diprospan bilan uzoq muddatli davolash samarali bo‘lib, og‘riqni kamaytirishi, antikonvulsantlar va analgetiklarga ehtiyojni kamaytirishi, og‘riqning qaytalanishini oldini olishi aniqlangan. Mualliflar yuz og‘rig‘ini davolashda bemor yoshi va kasallikning rivojlanish mexanizmini inobatga olgan holda kompleks yondashuv zarurligini ta’kidlaydilar.