TOSHKENT TARIXIGA DOIR MANBALAR VA ADABIYOTLAR (asosan Shaybboniylar davri manbalri misolida)

Authors

  • Kimsanova Ruxshona Xayrulla qizi Author

Keywords:

Toshkent tarixi, Shayboniylar sulolasi, Movarounnahr, yozma manbalar, vaqf hujjatlari, numizmatika, Shosh viloyati, tarixiy tahlil, Zayniddin Vosifiy, Binkat.

Abstract

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoning qadimgi va eng yirik megapolislaridan biri boʻlgan Toshkent shahrining koʻp ming yillik tarixini yorituvchi manbalar bazasi va tarixshunoslik adabiyotlari tizimli ravishda tasniflanadi va tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida qadimgi xitoy va soʻgʻdiy manbalardagi “Chach”, “Shosh” va “Binkat”ga oid maʼlumotlar, oʻrta asrlarga oid arab, fors va turkiy tildagi xronikalar, vaqf va vasiqa hujjatlari, shuningdek, chor Rossiyasi mustamlakachiligi hamda sovet davri va mustaqillik yillari tarixshunosligi qiyosiy-tarixiy metod asosida oʻrganilgan. Muallif har bir davr adabiyotlarining mafkuraviy qarashlari va manbaviy qiymatini tahlil qilib, Toshkent tarixini xolis va obyektiv oʻrganishda birlamchi manbalarning oʻrnini belgilaydi. Maqolaning ilmiy ahamiyati Toshkent shahar tarixiga doir eng muhim manbalarning bibliografik va tanqidiy tahlilini yaxlit tizimga keltirganligidir.

Author Biography

  • Kimsanova Ruxshona Xayrulla qizi

    Farg‘ona davlat universiteti

    Tarix fakulteti (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 3-kurs talabasi

    RushanaXayrullayevna@gmail.com

    (Tel: +998 93 855 10 05)

References

Published

2026-07-10