MUSTAQIL TURISTLARGA QARATILGAN RAG‘BAT INSTRUMENTLARINING BYUDJET SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODIKASI

Authors

  • Muzaffarov Akmal Axadovich Author

Keywords:

Mustaqil turist, rag‘bat instrumenti, byudjet samaradorligi, keshbek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish, turist segmentatsiyasi, marginal samaradorlik, formalizatsiya, naf va xarajat nisbati.

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda mustaqil turistlar oqimini rag‘batlantirishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘bat instrumentlarining byudjet samaradorligini baholash metodikasi taklif etiladi. Mavjud davlat moliyaviy yordami asosan toifalangan yirik joylashtirish vositalariga yo‘naltirilgani sababli mustaqil turistga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi mayda provayderlarni chetlab o‘tadi, shu bilan birga ushbu oqim qoldirayotgan sarfning katta qismi norasmiy va naqd kanallarda qolib, fiskal jihatdan ko‘rinmas bo‘ladi. Ushbu ikki muammodan kelib chiqib, tadqiqotda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish, keshbek, subsidiya va soliq imtiyozi instrumentlarini turist segmentlari bo‘yicha bir so‘m byudjet evaziga olinadigan natija orqali o‘lchaydigan uchta o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkich asoslanadi, ya’ni turist bo‘yicha samaradorlik, sarf bo‘yicha samaradorlik hamda naf va xarajat nisbati. Metodikaning ishlash mantig‘i shartli misol asosida namoyish etilib, marginal samaradorlik tamoyiliga tayangan maqbul byudjet taqsimoti shakllantiriladi. Olingan natijalar mustaqil turizm siyosatida cheklangan davlat mablag‘ini ilmiy asoslangan tarzda taqsimlash imkonini beradi.

Author Biography

  • Muzaffarov Akmal Axadovich

    Buxoro davlat universiteti, mustaqil tadqiqotchi

References

Published

2026-07-09