PAHLAVON MAHMUD MAQBARASI: TARIXI, ME'MORIY XUSUSIYATLARI VA MADANIY AHAMIYATI
Keywords:
Pahlavon Mahmud, maqbara, Xiva, Ichan qal’a, Xorazm me’morchiligi, me’moriy yodgorlik, xonaqoh, go‘rxona, ziyoratxona, koshinkorlik, madaniy meros, ziyoratgoh, me’moriy majmua.Abstract
Mazkur maqolada Xiva shahrida joylashgan Pahlavon Mahmud maqbarasining tarixiy shakllanish jarayoni, me'moriy tuzilishi va madaniy-ma'naviy ahamiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot davomida yodgorlikning dastlabki kichik go‘rxona sifatida vujudga kelishi, keyingi davrlarda Xiva xonlari tomonidan kengaytirilib, yirik me'moriy majmua darajasiga yetkazilgani tahlil qilinadi.Shuningdek, maqolada maqbaraning xonaqoh, go‘rxona, ziyoratxona, qorixona va ayvon kabi qismlarining me'moriy uyg‘unligi, uning moviy gumbazlari, sirlangan koshinlari hamda nafis bezak san'ati Xorazm me'morchilik maktabining yuksak darajasini aks ettirishi asoslab beriladi. Yodgorlikning nafaqat tarixiy obida, balki muqaddas ziyoratgoh sifatidagi o‘rni ham alohida yoritiladi.