TIBBIYOT OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BIOFIZIKA FANINI O‘QITISH METODIKASINI INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Raximov Bobur Turg‘un o‘g‘li Author

Keywords:

biofizika, tibbiy ta’lim, innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, klinik fikrlash, kompetensiyaviy yondashuv, raqamli ta’lim, virtual laboratoriya.

Abstract

Mazkur maqolada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida biofizika fanini o‘qitish metodikasini innovatsion pedagogik yondashuvlar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi zamonaviy tibbiy ta'lim tizimida biofizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, talabalarni nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lay olish kompetensiyalarini rivojlantirish hamda raqamli ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqot davomida muammoli ta’lim, klinik vaziyatlarga asoslangan o‘qitish, loyihaviy faoliyat, virtual laboratoriyalar, elektron ta’lim platformalari va interfaol metodlarning biofizika fanini o‘qitish samaradorligiga ta'siri o‘rganildi. Pedagogik tajriba natijalari innovatsion metodlarni tizimli qo‘llash talabalarning o‘zlashtirish darajasi, mustaqil fikrlashi, klinik tafakkuri va kasbiy kompetensiyalarining sezilarli darajada rivojlanishiga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar biofizika fanini o‘qitishda an’anaviy yondashuvlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish ta'lim sifatini oshirishning muhim omili ekanligini tasdiqlaydi.

Author Biography

  • Raximov Bobur Turg‘un o‘g‘li

    Tohskent davlat tibbiyot universiteti Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi o‘qituvchisi

    email: bobur_raximov@inbox.ru

References

Published

2026-07-07