EKOLOGIK NOQULAY HUDUDLARDA YASHOVCHI AHOLI O‘RTASIDA ZARARLI ODATLARNING SALOMATLIKKA TA’SIRI: TIBBIY-EKOLOGIK TAHLIL

Authors

  • Ochilova Nurbibi Rayimovna Author

Keywords:

ekologik noqulay hudud, havo ifloslanishi, PM2,5, zararli odatlar, chekish, nasvoy, yurak-qon tomir kasalliklari, tibbiy-ekologik tahlil, jamoat salomatligi.

Abstract

Maqolada ekologik noqulay hududlarda, xususan yuqori havo ifloslanishi darajasiga ega yirik shaharlarda yashovchi aholi salomatligiga atrof-muhit omillari va zararli odatlarning (chekish, nasvoy iste’moli, alkogol) birgalikdagi ta’siri tibbiy-ekologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Jahon banki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), IQAir hamda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlari asosida havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari, aholi o‘limining tarkibiy tuzilishi va zararli odatlar tarqalishi o‘rtasidagi nisbiy bog‘liqlik ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ekologik noqulay hududlarda yashash va zararli odatlarga moyillikning birgalikdagi ta’siri yurak-qon tomir va nafas yo‘llari kasalliklari xavfini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi. Maqola yakunida profilaktika va monitoring tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Author Biography

  • Ochilova Nurbibi Rayimovna

    Buxoro davlat universiteti Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti Ekologiya va geografiya kafedrasi dotsenti

     

References

Published

2026-06-20