BOLALAR SALOMATLIGIDA SOG‘LOM OVQATLANISHNING ROLI
Keywords:
sog‘lom ovqatlanish, yog‘lar, uglevodlar, oqsillar, rasion, kun tartibi, jamoat salomatligi.Abstract
Ushbu maqolada bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlashda sog‘lom ovqatlanishning ahamiyati tahlil qilingan. Muallif bolalar organizmining o‘sish va rivojlanish jarayonida to‘g‘ri ovqatlanish tartibi, ovqatlanish me’yorlari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qiymatlariga alohida e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, yoshga mos rasion tuzish, vitamin va minerallar yetishmasligi oqibatlari, shuningdek, noto‘g‘ri ovqatlanishning bola organizmiga salbiy ta’siri misollar bilan yoritib berilgan. Maqolada sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini shakllantirish orqali bolalarda turli kasalliklarning oldini olish mumkinligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etishga qaratilgan tavsiyalar bilan yakunlangan.