SPORT HAVZALARINI SUV BILAN TA’MINLASHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TAHLILI

Authors

  • Ahadova Sevinch Sherzod qizi Author
  • Eshtemirov Abbos Normo‘min o‘g‘li Author

Keywords:

sport havzasi, suv ta’minoti, suv sifati, filtratsiya, dezinfeksiya, aylanma tizim, sanitariya, energiya tejamkorlik, innovasion texnologiyalar, ekologik barqarorlik.

Abstract

Ushbu maqolada sport havzalarini suv bilan ta’minlash tizimlariga zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Sport inshootlarida suv sifati, xavfsizligi va uzluksiz ta’minotni ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Maqolada suvni tozalash, filtratsiya, dezinfeksiya, aylanma suv ta’minoti, energiya tejamkor texnologiyalar va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarining samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish va ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari sport havzalarini ekspluatatsiya qilishda innovasion texnologiyalarni joriy etish suv sifatini yaxshilash, ekspluatasion xarajatlarni kamaytirish va foydalanuvchilar salomatligini muhofaza qilishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Author Biographies

  • Ahadova Sevinch Sherzod qizi

    EMU UNIVERSITY talabasi

  • Eshtemirov Abbos Normo‘min o‘g‘li

    EMU UNIVERSITY Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti

References

Published

2026-05-23