ILM-FAN VA DINNING UYG'UNLIGI ABU RAYHON BERUNIY VA SHARQ RENESSANSI: IX-XII ASRLARDA

Authors

  • Saloxiddinov Iskandar Kamolidin O‘g‘li Author

Keywords:

: Abu Rayhon Beruniy, Birinchi Sharq Renessansi, PQ-5186, PQ-361, ilm va din mutanosibligi, “Hindiston” kitobi, bag‘rikenglik tamoyillari, izlanish uslublari, Uchinchi Renessans poydevori, milliy o‘zlikni anglash mezon

Abstract

Ushbu maqolada insoniyat sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniyning hayoti, ilmiy metodologiyasi va birinchi Sharq Renessansidagi roli falsafiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5186 va PQ-361-sonli qarorlari asosida, allomaning ilmiy merosi bugungi ta’lim tizimidagi islohotlar hamda Uchinchi Renessans poydevorini qurishda qanchalik muhimligi ochib berilgan.

    Tadqiqot jarayonida Beruniyning nafaqat aniq fanlar — astronomiya, matematika va geodeziya sohasidagi inqilobiy kashfiyotlari, balki uning ijtimoiy-gumanitar tafakkur rivojiga qo‘shgan hissasi ham atroflicha yoritilgan. Xususan, olimning mashhur “Hindiston” kitobi orqali ilm va dinning o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, turli e’tiqod va madaniyatlarga nisbatan yuksak bag‘rikenglik prinsiplari tahlil qilingan.

    Muallif Beruniyning tajriba va kuzatishga asoslangan izlanish uslubi bugungi yoshlarning bilim salohiyatini oshirish va milliy o‘zlikni anglashi uchun katta poydevor ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. Xulosa qismida esa ajdodlarimizning ilmiy jasorati xalqaro maydonlarda O‘zbekistonning nufuzini yanada oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.

Author Biography

References

Published

2026-05-23