YUQORI CHIRCHIQ GIDROUZELIDA SUV SARFINI O‘LCHASHDA SONTEK RS5 ASOSIDAGI ZAMONAVIY GIDROAKUSTIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH

Authors

  • Amanov Qudret Xabibiy o’g’li Author

Keywords:

Yuqori Chirchiq gidrouzeli, SonTek RS5, ADCP, suv sarfi, gidroakustik texnologiya, Doppler effekti, gidrometriya, suv oqimi, monitoring, gidrotexnik inshoot.

Abstract

Mazkur maqolada Yuqori Chirchiq gidrouzelida suv sarfini o‘lchash jarayonida zamonaviy gidroakustik texnologiyalarni qo‘llash masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida SonTek RS5 ADCP (Acoustic Doppler Current Profiler) qurilmasining texnik imkoniyatlari, ishlash prinsipi hamda gidrotexnik inshootlarda suv oqimi parametrlarini aniqlashdagi samaradorligi tahlil qilingan. Suv sarfini o‘lchashning an’anaviy usullari bilan zamonaviy akustik Doppler texnologiyasi o‘rtasida taqqoslash ishlari olib borilib, SonTek RS5 qurilmasining yuqori aniqlik, tezkorlik va real vaqt rejimida ma’lumot olish imkoniyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalari ushbu qurilmaning gidrouzellar, magistral kanallar va ochiq suv oqimlarida gidrometrik kuzatuvlarni avtomatlashtirish hamda suv resurslarini samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Author Biography

  • Amanov Qudret Xabibiy o’g’li

    -Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash institutiMilliy tadqiqot universitetiGTI va MKkafedrasi       2-kurs magistiri

References

Published

2026-05-22