MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA HARAKATLI O‘YINLAR ORQALI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI

Authors

  • Ibraximov Sanjar Urunbayevich Author
  • Nazarmatova Dilshoda Umarali qizi Author
  • Ikramova Muyassar Marat qizi Author

Keywords:

O‘zbekiston, maktabgacha ta’lim, harakatli o‘yinlar, jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, milliy o‘yinlar, pedagogik texnologiyalar, bolalar salomatligi, chaqqonlik, epchillik

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida harakatli o‘yinlar orqali bolalarning jismoniy rivojlanishini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maktabgacha yosh davrida bolalarning sog‘lom o‘sishi, jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda harakatli o‘yinlarning pedagogik ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada bolalarda chaqqonlik, epchillik, tezkorlik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishda milliy va zamonaviy harakatli o‘yinlardan foydalanishning samarali usullari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga oid davlat dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar asosida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Ayniqsa, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarning jismoniy rivojlanishini ta’minlashda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan. Milliy harakatli o‘yinlar orqali bolalarda jamoaviylik, do‘stlik, mustaqillik va faol hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida harakatli o‘yinlardan muntazam foydalanish bolalarning nafaqat jismoniy rivojlanishiga, balki psixologik, ijtimoiy va emotsional holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois harakatli o‘yinlarni jismoniy tarbiya jarayoniga keng joriy etish bolalarni sog‘lom va barkamol avlod sifatida tarbiyalashning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Author Biographies

  • Ibraximov Sanjar Urunbayevich

    1Professor, Toshkent amaliy fanlar universiteti

  • Nazarmatova Dilshoda Umarali qizi

    2assistent, Toshkent amaliy fanlar universiteti

  • Ikramova Muyassar Marat qizi

    3Talaba, Toshkent amaliy fanlar universiteti

References

Published

2026-05-22