OʻZBEKISTONDA YOSHLARNING CHET DAVLATLARDA TAʼLIM OLISHINI QOʻLLAB-QUVVATLASHGA QARATILAYOTGAN ISLOHOTLAR: “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASIDA ADOLATLI TANLOV MEXANIZMLARI
Keywords:
El-yurt umidi jamg‘armasi, ta’lim islohotlari, xalqaro ta’lim, tanlov jarayoni, shaffoflik, adolat, meritokratiya, saralash mezonlari, yoshlar siyosati, inson kapitali.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda yoshlarning xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar doirasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori jamg‘arma tomonidan nomzodlarni saralash jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlovchi mexanizmlarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot davomida normativ-huquqiy hujjatlar, tanlov reglamentlari hamda institutsional yondashuv asosida saralash tizimi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jamg‘armada ko‘p bosqichli tanlov tizimi, standartlashtirilgan baholash mezonlari, mustaqil ekspertlar ishtiroki va raqamlashtirilgan ariza topshirish jarayonlari adolatli tanlovni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, ayrim bosqichlarda subyektivlik ehtimoli saqlanib qolayotgani va hududiy tenglik masalalari mavjudligi aniqlanadi. Tadqiqot yakunida tanlov tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi