ONLAYN VA AN’ANAVIY TA’LIMNING AFZALLIK HAMDA KAMCHILIKLARI
Keywords:
onlayn ta’lim, an’anaviy ta’lim, ta’lim tizimi, masofaviy o‘qish, axborot texnologiyalari, interaktiv ta’lim, mustaqil ta’lim, o‘quv jarayoni, ta’lim sifati, raqamli platformalarAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan onlayn ta’lim va uzoq yillardan beri asosiy shakl bo‘lib kelayotgan an’anaviy ta’lim tizimi o‘zaro solishtirib tahlil qilingan. Onlayn ta’limning qulaylik, mustaqil o‘qish imkoniyati, texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda iqtisodiy jihatdan samaradorligi kabi afzalliklari yoritilgan. Shu bilan birga, internetga bog‘liqlik, jonli muloqotning yetishmasligi va amaliy mashg‘ulotlar cheklanganligi kabi kamchiliklari ham ko‘rib chiqilgan. An’anaviy ta’lim esa o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot, ijtimoiy muhit, intizom va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ustunliklari bilan tahlil qilingan. Maqolada har ikki ta’lim shaklining o‘ziga xos jihatlari ochib berilib, ularni uyg‘unlashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish mumkinligi asoslab berilgan.