MA’LUMOTLARNI ZAXIRALASH VA TIKLASH STRATEGIYALARI

Authors

  • Sa’dullayeva Gulira’no Author

Keywords:

ma’lumotlarni zaxiralash, ma’lumotlarni tiklash, axborot xavfsizligi, bulutli texnologiyalar, Disaster Recovery, inkremental zaxiralash, differensial zaxiralash, kiberxavfsizlik, server, ma’lumotlar bazasi

Abstract

Ushbu maqolada ma’lumotlarni zaxiralash va tiklash strategiyalarining zamonaviy axborot tizimlaridagi o‘rni, ahamiyati hamda amaliy qo‘llanilish usullari yoritilgan. Ma’lumotlarning yo‘qolishi, buzilishi yoki kiberxavfsizlik tahdidlari natijasida tashkilot va foydalanuvchilar uchun yuzaga keladigan xavflar tahlil qilinib, ularni oldini olishda zaxiralash texnologiyalarining roli ko‘rsatib berilgan. Maqolada to‘liq (Full Backup), inkremental (Incremental Backup) va differensial (Differential Backup) zaxiralash usullari, ularning afzallik va kamchiliklari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, lokal, bulutli va gibrid zaxiralash tizimlari hamda ma’lumotlarni avariyadan keyin tiklash (Disaster Recovery) jarayonlari haqida tushunchalar berilgan.

Bundan tashqari, maqolada ma’lumotlarni tiklash strategiyalarini ishlab chiqishda xavfsizlik, tezkorlik, ishonchlilik va iqtisodiy samaradorlik omillari muhimligi ta’kidlangan. Zaxiralash jarayonida avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalanish, shifrlash texnologiyalarini qo‘llash va muntazam nazorat olib borishning ahamiyati misollar asosida tushuntirilgan. Tadqiqot natijasida samarali zaxiralash va tiklash strategiyalari axborot xavfsizligini ta’minlash, tizim uzilishlarini kamaytirish hamda tashkilot faoliyatining uzluksizligini saqlab qolishda muhim vosita ekanligi xulosa qilingan.

Author Biography

References

Published

2026-05-21