RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA BOLALARNING KOGNITIV RIVOJLANISHINI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Keywords:
Kognitiv rivojlanish,aniq operatsiyalar ,zamonaviy texnologiyalar,multimediya vositalari, raqamli o‘yinlar ,nutq rivoji,ehtiyot choralar va muammolar,AKT ,Piaget nazariyasi, Vygotskiy yondashuvi ,zamonaviy tadqiqotlar,Nikolya Kurno ,Yaponiya tajribasi ,Finlyandiyada ta’lim tizimi, raqamli texnologiyalar, ta’lim, bolalar psixologiyasi, interaktiv o‘rganish, sun’iy intellekt.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada raqamli texnologiyalarning bolalar kognitiv rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xususan, axborot-kommunikatsiya vositalarining bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqat barqarorligi, nutq rivoji hamda muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalariga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, interaktiv ta’lim muhiti, multimedia vositalari va raqamli platformalarning didaktik imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada raqamli texnologiyalardan foydalanishning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ularning noto‘g‘ri va me’yoridan ortiq qo‘llanilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, bolalarning kognitiv rivojlanishini samarali qo‘llab-quvvatlash uchun pedagogik va psixologik tavsiyalar hamda xorijiy davlatlar tajribalari keltirib o’tilgan.