NKMK OBYEKTLARI UCHUN ZAXIRA ELEKTR MANBAI SIFATIDA MIKRO GES QURILMASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Zoxidov Odil Umirzokovich Author
  • Sunnatov Samir Zafar o‘g‘li Author

Keywords:

Mikro GES, faza rotorli asinxron generator, mikrokontrollyor, reaktiv quvvat, kondensatorlar bloki, elektr energiyasi, laboratoriya modeli, zaxira elektr manbai.

Abstract

Ushbu maqolada NKMK AJ obyektlarida mavjud kam bosimli suv oqimlarining energiya salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida taklif etilayotgan mikro GES qurilmasining eksperimental fizik modeli tadqiq qilingan. Tajriba jarayonida faza rotorli asinxron generator, o‘zgarmas tok motori hamda mikrokontrollyorli boshqaruv bloki asosida yig‘ilgan laboratoriya modeli sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot natijalari mikro GES qurilmasi orqali barqaror va sifatli elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatdi. Shuningdek, mikrokontrollyorli boshqaruv tizimi yordamida generator kuchlanishining barqarorligi ta’minlanishi isbotlandi. Olingan natijalar mikro GES qurilmasini NKMK obyektlarida zaxira elektr manbai sifatida qo‘llash istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.

Author Biographies

  • Zoxidov Odil Umirzokovich

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti dotsenti,

  • Sunnatov Samir Zafar o‘g‘li

    Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabasi

    e-mail: samirsunnatov61@gmail.com

     

References

Published

2026-05-10