BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASOSLARI

Authors

  • Boynazarova Ma’mura Izzatullayevna Author
  • Qoʻysinov Odiljon Almuratovich Author

Keywords:

Boshlang‘ich ta’lim, mantiqiy fikrlash, tafakkur, ijodiy masala, muammoli vaziyat, psixologik rivojlanish, pedagogik asos, bilish faoliyati, mustaqil fikrlash, aqliy rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning psixologik-pedagogik asoslari ilmiy jihatdan yoritiladi. Boshlang‘ich ta’lim davri bolaning aqliy rivojlanishi, tafakkur jarayonlari, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllanadigan muhim bosqich hisoblanadi. Shu sababli mazkur yosh davrida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada mantiqiy fikrlash tushunchasi, uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari aqliy rivojlanishidagi o‘rni, psixologik xususiyatlari, pedagogik shart-sharoitlari hamda ijodiy masalalarning mazkur jarayondagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Piaget, Vygotskiy, Bruner kabi olimlarning bolalar tafakkuri haqidagi nazariy qarashlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi

Author Biographies

  • Boynazarova Ma’mura Izzatullayevna

    Xalqaro Nordic universiteti

    Pedagogika yo`nalishi 1-kurs magistranti

    Email: boynazarovamamura@gmail.com

    Tel: 90 349 41 20

  • Qoʻysinov Odiljon Almuratovich

    Ilmiy rahbar: P.f.D. (DSc) professor

References

Published

2026-05-21