VOYAGA YETMAGANLAR UCHUN JAZONI LIBERALLASHTIRISH VA INSONPARVARLIK TAMOYILLARI

Authors

  • Mamatjonov Jahongir Tursunali o‘g‘li Author

Abstract

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarga nisbatan jazoni liberallashtirish va insonparvarlik tamoyillarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Muallif voyaga yetmagan shaxslarning ruhiy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga nisbatan jazo qo‘llashda tarbiyaviy hamda reabilitatsion yondashuv ustuvor bo‘lishi zarurligini asoslab beradi. Maqolada insonparvarlik tamoyilining xalqaro huquqiy asoslari, xususan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro normalar tahlil qilingan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning kelib chiqish omillari, qamoq jazosining salbiy oqibatlari hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari haqida fikr yuritilgan. Xalqaro tajriba misolida yoshlarni jazolashdan ko‘ra ularni jamiyatga qayta moslashtirish samaraliroq ekanligi ko‘rsatib berilgan. Maqola yakunida davlat, oila va jamiyat hamkorligining yoshlarni jinoyatchilikdan asrashdagi ahamiyati haqida xulosa chiqarilgan.

Author Biography

  • Mamatjonov Jahongir Tursunali o‘g‘li

    IIV Akademiyasi bitiruvchisi

    safdor,

References

Published

2026-05-20