“ MA’LUMOTLARNI SO‘ROVLAR YORDAMIDA SARALASH ”
Keywords:
So`rovlar, kutubxona,jadval.Abstract
Ma’lumotlarini tez va samarali tahlil qilish qobiliyati relyatsion ma’lumotlar bazasining kuchli tomoni hisoblanadi. So‘rovlar ma’lumotlarni kiritilgan qidiruv shartlari asosida bir yoki bir nechta jadvaldan olish imkonini beradi. So‘rov xuddi ma’lumotlar bazasiga savol berishga o‘xshaydi. Access dasturida so‘rov yaratish, kerakli ma’lumotlarni topish uchun aniq qidiruv shartlari talab etiladi. So‘rovlar jadvaldagi ma’lumotlarni topish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan oddiy qidiruv yoki filtrlardan ancha kuchli hisoblanadi. Microsoft Access dasturida so‘rovlar yaratishning bir qancha usuli mavjud. Demak, ma’lumotlarni oddiy so‘rovlar, ko‘p jadvalli so‘rovlar yordamida saralashga kirishamiz. So‘rovlar – ma’lumotni bir yoki bir nechta jadvaldan qidirish va olish usuli. Oddiy so‘rovlar, odatda, bitta jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil qilish yoki saralashda qo‘llaniladi. Masalan, kutubxona xodimi kutubxonada O‘tkir Hoshimovning qancha kitobi bor ekanligini bilish yoki birorta nashriyot bosmaxonasidan chiqqan kitoblar haqida ma’lumot olish uchun oddiy so‘rovlardan foydalanishi mumkin.