OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA TALABALAR MADANIY KOMPETENSIYASINI BAHOLASH MEZONLARI VA INDIKATORLARINI ISHLAB CHIQISH

Authors

  • Azimova Maftuna Azizbekovna Author

Keywords:

Madaniy kompetensiya, ingliz tili ta’limi, kommunikativ kompetensiya, baholash mezonlari, indikatorlar, madaniyatlararo muloqot, CEFR, oliy ta’lim, til kompetensiyasi, lingvomadaniyat

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida talabalar madaniy kompetensiyasini baholash mezonlari hamda indikatorlarini ishlab chiqish masalalari tahlil qilingan. Xorijiy til ta’limida kommunikativ yondashuvning rivojlanishi natijasida madaniy kompetensiya til o‘rganishning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda madaniy kompetensiyaning nazariy asoslari, uning tarkibiy elementlari, baholash usullari va xalqaro tajribalar o‘rganilgan. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda talabalar madaniy kompetensiyasini aniqlash uchun mezonlar va indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda baholashning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

References

Published

2026-05-19