BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING VOKAL-XOR KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Keywords:
musiqa, vokal-xor, kompetensiya, ijrochilik mahorati, pedagogika, intonatsiya, dirijyorlik, ansambl, musiqiy ta’lim, estetik tarbiya.Abstract
Maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining vokal-xor ko‘nikmalarini rivojlantirishning mazmun-mohiyati, pedagogik shart-sharoitlari hamda metodik asoslari tahlil qilinadi. Musiqiy ijrochilik kompetensiyasi tarkibida vokal-xor tayyorgarligining o‘rni yoritilib, pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalarida kasbiy ijrochilik mahoratini shakllantirish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ilmiy-nazariy manbalar tahlili asosida vokal-xor kompetensiyasining tuzilmasi aniqlanadi. Shuningdek, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida intonatsiya madaniyatini rivojlantirish, ansambl hisini shakllantirish va dirijyorlik elementlarini o‘zlashtirishning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot davomida germenevtik yondashuv, evristik dialog, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari asosida vokal-xor mashg‘ulotlarini tashkil etish samaradorligi isbotlanadi.