MAHKUMLAR BILAN OLIB BORILADIGAN TARBIYAVIY ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
mahkumlar, tarbiyaviy ishlar, penitensiar tizim, reabilitatsiya, resotsializatsiya, psixologik yordam, jinoyatchilik profilaktikasi, ijtimoiy moslashuv, mehnat tarbiyasi.Abstract
Mazkur maqolada penitensiar tizim sharoitida mahkumlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmun-mohiyati, tashkiliy shakllari va ularni takomillashtirishning zamonaviy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tarbiyaviy ishlar mahkumlarni tuzatish, ularning shaxsiy ongini qayta shakllantirish, ijtimoiy moslashuvini ta’minlash hamda qayta jinoyatchilikning oldini olishda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada tarbiyaviy jarayonning psixologik, pedagogik, huquqiy va ijtimoiy jihatlari chuqur o‘rganilgan.
Shuningdek, mahkumlar bilan individual va guruh shaklida ishlash mexanizmlari, psixologik reabilitatsiya, kasb-hunar o‘qitish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va mehnat tarbiyasining samaradorligi yoritilgan. Zamonaviy yondashuvlar asosida raqamli texnologiyalarni joriy etish, psixodiagnostika usullaridan foydalanish, xalqaro tajribani qo‘llash hamda insonparvarlik tamoyillarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Maqola penitensiar tizimda tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.