YURAK ISHEMIK KASALLIKLARINING KELIB CHIQISHINI OLDINI OLISHDA SPORTNING AHAMIYATI

Authors

  • Nishonava Nargiza Mirzaolim qizi Author

Keywords:

yurak ishemik kasalligi, sport, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi, profilaktika, yurak-qon tomir tizimi, arterial gipertenziya, ateroskleroz, semizlik.

Abstract

 

Mazkur maqolada yurak ishemik kasalliklarining kelib chiqish sabablari, xavf omillari hamda ularning oldini olishda sport va jismoniy faollikning tutgan orni keng yoritilgan. Hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo‘yicha aholi o‘rtasida o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, kamharakat turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha tana vazni, zararli odatlar, ruhiy stress va ekologik omillar yurak ishemik kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshirmoqda. Maqolada ushbu kasallikning rivojlanish mexanizmi, uning organizmga salbiy ta’siri hamda profilaktik choralar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

      Shuningdek, sport va muntazam jismoniy mashqlarning yurak mushagi faoliyatiga ijobiy ta’siri, qon aylanishini yaxshilashi, qon tomirlar elastikligini oshirishi, arterial bosimni me’yorlashtirishi hamda modda almashinuvini faollashtirishi ilmiy asosda tahlil qilingan. Maqolada jismoniy faollikning inson organizmidagi ortiqcha yog‘larni kamaytirish, qondagi zararli xolesterin miqdorini pasaytirish va yurak-qon tomir tizimining funksional holatini yaxshilashdagi ahamiyati yoritilgan. Bundan tashqari, sportning inson ruhiy holatiga ta’siri, stress va depressiyani kamaytirishdagi o‘rni ham ko‘rib chiqilgan.

Author Biography

  • Nishonava Nargiza Mirzaolim qizi

    Rishton Abu Ali ibn Sino                                                                                                 nomidagi jamoat salomatligi                                                                                             texnikumi                                                                                                                                     2-Klinik modullar kafedrasi                                                                                                  bosh  o‘qituvchisi

References

Published

2026-05-19