BEMORLARNI OVQATLANTIRISHDA HAMSHIRALIK PARVARISHI
Keywords:
sog‘lom turmush tarzi, patronaj hamshirasi, profilaktika, sanitariya-gigiyena, aholi salomatligi, tibbiy madaniyat, ona va bola salomatligi, hamshiralik ishi..Abstract
Mazkur maqolada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va aholi salomatligini mustahkamlashda patronaj hamshiraning tutgan o‘rni keng yoritilgan. Hozirgi kunda profilaktik tibbiyotning rivojlanishi, kasalliklarning oldini olish va aholining tibbiy madaniyatini oshirishda patronaj xizmatining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Maqolada patronaj hamshirasi tomonidan oilalarda olib boriladigan sanitariya-gigiyena nazorati, sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechishga undash hamda yuqumli va surunkali kasalliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, homilador ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, emlash ishlarini tashkil etish, chaqaloqlarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar berish hamda oilalarda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishda patronaj hamshirasining muhim vazifalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada patronaj xizmatining aholining hayot sifati va sog‘lig‘ini yaxshilashdagi ijtimoiy-tibbiy ahamiyati yoritilib, sog‘lom avlodni tarbiyalashda hamshiralik faoliyatining o‘rni asoslab berilgan.