JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA SAQLANAYOTGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REINTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Keywords:
penitensiar tizim, reintegratsiya, probatsiya, mahkum, resotsializatsiya, ijtimoiy moslashuv, takroriy jinoyatchilik.Abstract
Mazkur maqolada jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlarning ozodlikka chiqqandan keyingi ijtimoiy moslashuvi hamda reintegratsiya jarayonining nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasida penitensiar tizimni isloh qilish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat, mahkumlarning huquqiy maqomi, probatsiya xizmatining faoliyati hamda takroriy jinoyatchilikka ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida reintegratsiya tizimini samarali tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Muallif tomonidan mahkumlarni kasbiy tayyorlash, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan