MIKROTSIRKULYATOR TIZIMNING GISTOLOGIK TUZILISHI VA PATOLOGIK O‘ZGARISHLARI: ZAMONAVIY MORFO-FUNKSIONAL TAHLIL

Authors

  • Nodirov Dostonjon Zokir o‘g‘li Author
  • Samadova Barno Xalim qizi Author

Keywords:

mikrotsirkulyatsiya, kapillyar, endoteliy, arteriola, venula, angiopatiya, gistologiya, gemodinamika, patologiya

Abstract

Mikrotsirkulyator tizim organizmda to‘qimalararo almashinuvni ta’minlovchi asosiy funksional tizimlardan biri bo‘lib, uning morfo-funksional yaxlitligi gomeostazni saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mazkur maqolada Mikrotsirkulyatsiya tizimining gistologik tuzilishi, uning asosiy komponentlari - arteriolalar, kapillyarlar, venulalar va anastomozlar - hamda ularning funksional xususiyatlari tahlil qilingan. Endotelial hujayralarning geterogenligi, bazal membrana tuzilishi va hujayralararo o‘zaro ta’sir mexanizmlari zamonaviy ilmiy qarashlar asosida yoritildi. Shuningdek, endoteliy disfunksiyasi, mikrotsirkulyator buzilishlar, gipoksiya va yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq patologik o‘zgarishlar tahlil qilingan. Ateroskleroz, arterial gipertoniya va diabetik mikroangiopatiyada kuzatiladigan gistologik o‘zgarishlar ilmiy asosda baholandi. Natijalar mikrotsirkulyator tizim buzilishlarini erta aniqlash va profilaktika qilishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Author Biographies

  • Nodirov Dostonjon Zokir o‘g‘li

    Ilmiy rahbar

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti Gistоlogiya kafedrasi assistenti

  • Samadova Barno Xalim qizi

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-kurs talabasi

References

Published

2026-05-10