BOLALARDA VITAMINLAR YETISHMOVCHILIGINING OQIBATI
Keywords:
Bolalar salomatligi, vitamin yetishmovchiligi, mikronutrientlar tanqisligi, avitaminoz, gipovitaminoz, immunitet pasayishi, jismoniy rivojlanish, kognitiv rivojlanish, A vitamini, D vitamini, temir tanqisligi, raxit, kamqonlik, profilaktika, muvozanatli ovqatlanish.Abstract
Mazkur maqolada bolalarda vitaminlar yetishmovchiligining organizm rivojlanishiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Vitamin yetishmovchiligi bolalar organizmida uchraydigan eng dolzarb oziqlanish muammolaridan biri bo‘lib, u jismoniy o‘sishning sekinlashuvi, immun tizim faoliyatining pasayishi, markaziy asab tizimi rivojlanishining buzilishi hamda turli somatik kasalliklarning rivolanish xavfini oshiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 42 foizida kamqonlik kuzatiladi, uning asosiy sabablaridan biri temir va vitaminlar yetishmovchiligi hisoblanadi. Shuningdek, dunyo bo‘yicha 190 milliondan ortiq maktabgacha yoshdagi bolalarda A vitamini yetishmovchiligi qayd etilgan bo‘lib, bu holat ko‘rish qobiliyatining pasayishi, immunitet zaiflashuvi va infeksion kasalliklarga moyillikning ortishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolalarning 50 foizdan ortig‘ida kamida bitta mikronutrient tanqisligi uchraydi.Maqolada A, D, C, B guruhi vitaminlari hamda temir, yod kabi mikronutrientlar yetishmovchiligining bolalar organizmiga ta’siri, ularning klinik belgilari va uzoq muddatli oqibatlari ko‘rib chiqilgan. Vitamin yetishmovchiligi natijasida suyak tizimi zaiflashuvi, raxit, intellektual rivojlanishning sustlashuvi, xotira va diqqatning pasayishi, tez charchash holatlari kuzatilishi aniqlangan. Shuningdek, ushbu holatning oldini olishda muvozanatli ovqatlanish, fortifikatsiyalangan mahsulotlardan foydalanish va profilaktik vitaminoterapiyaning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari bolalar salomatligini saqlash va vitamin tanqisligini barvaqt aniqlash bo‘yicha profilaktik choralarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.