DOG’LI GEMLOK O’SIMLIGINIG TABIATDA TARQALISHI VA TABOBATDA QO’LLANILISHI
Keywords:
Dog‘li gemlok, Conium maculatum, zaharli o‘simliklar, dorivor o‘simliklar, xalq tabobati, farmakologik xususiyatlar, o‘simlik morfologiyasi, tabiiy areal, biologik faol moddalar, poya, ildiz, barg, urug’, guli, soyabonsimon, mevalari, xoreya, epilepsiya, ko’k yo’tal, migren, spazm.Abstract
Mazkur maqolada Conium maculatum - dog‘li gemlok o‘simligining kelib chiqishi, tabiiy tarqalish areali va morfologik xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, o‘simlikning qadimiy davrlardan boshlab insoniyat hayotidagi o‘rni, jumladan qadimgi Yunonistonda zahar sifatida qo‘llanilishi va Socrates ning shu o‘simlik bilan zaharlangani haqidagi tarixiy ma’lumotlar keltiriladi. O‘simlikning zaharliligi, chorva hayvonlariga ta’siri hamda uning tarkibidagi biologik faol moddalar tufayli xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda qo‘llanishi yoritilgan. Tadqiqotda gemlokning farmakologik xususiyatlari, xususan og‘riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi va tirishishga qarshi ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari, dorivor xom ashyoni yig‘ish, saqlash va undan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish zarurligi ham ta’kidlangan.