NEYRODEGENERATIV KASALLIKLARDA BOSH MIYA NEYRONLARINING DEGENERATSIYA MEXANIZMLARI DEGENERATION MECHANISMS OF BRAIN NEURONS IN NEURODEGENERATIVE DISEASES

Authors

  • Madatov Ravshan Mamasoliyevich Author
  • Xaydarova Xabibabonu Umid qizi Author

Keywords:

neyrodegeneratsiya, beta-amiloid, oksidlovchi stress, mitoxondrial disfunksiya, apoptoz, neyroyallig‘lanish, aksonal transport, gematoensefalik to‘siq.

Abstract

Ushbu maqolada neyrodegenerativ kasalliklarning (Altsgeymer, Parkinson va Gentington kasalliklari) rivojlanishiga sabab bo‘luvchi asosiy patogenetik mexanizmlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda neyronlarning nobud bo‘lishiga olib keluvchi oqsillarning patologik agregatsiyasi, oksidlovchi stress, mitoxondrial disfunksiya va apoptoz jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada aksonal transportning buzilishi, epigenetik o'zgarishlar va gematoensefalik to‘siq o‘tkazuvchanligining ortishi kabi zamonaviy neyrobiologik tushunchalarga alohida e’tibor qaratilgan. Neyrodegeneratsiya — bu ko'p bosqichli kaskadli reaksiyalar majmuasi ekanligi va surunkali neyroyallig‘lanishning ushbu jarayonlarni tezlashtirishdagi roli asoslab berilgan.

Author Biographies

  • Madatov Ravshan Mamasoliyevich

    Nizomiy nomidagi O’zMPU Biologiya kafedrasi dotsenti, PhD

  • Xaydarova Xabibabonu Umid qizi

    Nizomiy nomidagi O’zMPU Biologiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

References

Published

2026-05-17