TIBBIYOT MUASSASALARI HAVO MUHITINING KASALXONA ICHKI INFEKSIYALARI TARQALISHIDAGI ROLI VA PROFILAKTIKA STRATEGIYALARI
Keywords:
Kasalxona ichki infeksiyalari (KII), havo muhiti, patogen mikroorganizmlar, aerozollar, HEPA-filtrlar, sanitariya-gigiena rejimi, tibbiyot muassasasi, profilaktika.Abstract
Mazkur maqola tibbiyot muassasalarida kasalxona ichki infeksiyalarining (KII) paydo bo‘lishida havo muhitining o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotda havo-tomchi va havo-chang yo‘li orqali yuqumli patogenlarning tarqalish mexanizmlari, shifoxona binolaridagi ventilyatsiya tizimlarining xavfsizlik darajasi hamda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etishning profilaktik ahamiyati yoritilgan. Maqola yakunida tibbiyot muassasalarida havo sifatini nazorat qilish va infeksiyalarni minimallashtirish uchun zamonaviy texnologik yechimlar taklif etilgan.
References
Downloads
Published
2026-05-17
Issue
Section
Articles