NUTQ BUZILISHLARINING LOKALIZATSIYASI VA LOGOPEDIK DIAGNOSTIKANING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Sherkulova Saodat Fazliddin qizi Author
  • Azimova Zebiniso Nasillo qizi Author

Abstract

Mazkur maqolada nutq buzilishlarining lokalizatsiyasi hamda ularni aniqlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy logopedik diagnostika yondashuvlari tahlil qilingan. Nutq faoliyatining bosh miya po‘stlog‘i, markaziy va periferik nerv tizimi hamda artikulyatsion apparat bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Nutq buzilishlarining lokalizatsiyasiga qarab ularning klinik va logopedik xususiyatlari, jumladan afaziya, alaliya, dizartriya, apraksiya, rinolaliya va boshqa nutq nuqsonlarining rivojlanish mexanizmlari tavsiflangan. Shuningdek, logopedik diagnostikaning zamonaviy usullari, kompleks baholash mezonlari, neyropsixologik tekshiruvlar, instrumental diagnostika hamda multidissiplinaryondashuvning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari nutq buzilishlarining lokalizatsiyasini aniq belgilash korreksion ishlarning samaradorligini oshirish, individual reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va bemorlarning kommunikativkompetensiyasini tiklashda muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Maqolada nutq buzilishlarini erta aniqlash, ularning etiologik omillarini chuqur tahlil qilish va zamonaviy logopedik diagnostika usullarini amaliyotga keng joriy etishning ilmiy hamda amaliy ahamiyati asoslab berilgan.

Author Biographies

  • Sherkulova Saodat Fazliddin qizi

    Osiyo Xalqaro Universiteti 1 - bosqich talabasi

  • Azimova Zebiniso Nasillo qizi

    Ilmiy  rahbari:

References

Published

2026-07-07